» » Toshkentda ohangaronlik fuqaroga sement va’da qilib, uni 10 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qidirilmoqda

Toshkentda ohangaronlik fuqaroga sement va’da qilib, uni 10 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qidirilmoqda


Toshkent shahrining Bektemir tumanida firibgarlik jinoyat sodir etildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

2018-yil 5-aprel kuni Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.S. Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi O.Sh.ga bir hafta ichida sement mahsulotlari olib berishini aytgan.

Gumonlanuvchi aldash yo‘li bilan jabrlanuvchining ishonchiga kirib, undan 10 ming AQSh dollarini olgan va bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Firibgar qidirilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют