» » Apple, Google, Facebook va boshqa IT kompaniyalar migrantlar haqidagi farmon bo‘yicha Trampga ochiq xat yo‘lladi

Apple, Google, Facebook va boshqa IT kompaniyalar migrantlar haqidagi farmon bo‘yicha Trampga ochiq xat yo‘lladi


Amerika texnologik kompaniyalari yettita davlat fuqarolari va qochoqlarni mamlakatga kirishini taqiqlovchi farmonni bekor qilishni iltimos qilib, AQSh prezidenti Donald Trampga ochiq xat yozdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Kompaniyalarning huquqiy asoslangan pozitsiyalari San-Fransisko apellyatsiya sudiga topshirildi. Apple, Google, Facebook rahbarlari va boshqa yirik sanoat vakillari maktub ostiga o‘z imzolarini qo‘ydi.

Trampning farmoniga qarshi arizaga 97 ta texnologik kompaniya, jumladan, Apple, Google, Microsoft, Facebook, Twitter, eBay, Netflix, Uber, Airbnb, Foursquare, Github, Linkedln, Quora, Snap va Spotify kompaniyalari qo‘shildi.

Arizada bayon qilinishicha, Trampning migrantlar haqidagi farmoni Amerika kompaniyalariga jiddiy zarar yetkazadi, shuningdek, innovatsiyalar va iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kompaniyalarning ta’kidlashicha, 500 ta eng yirik dunyoviy kompaniyalardan 200 dan ortig‘iga migrantlar yoki ularning farzandlari asos solgan.

Xatni AQSh prezidenti ma’muriyati huzuridagi biznes bo‘yicha kengash tarkibiga kiruvchi Amazon va Tesla kompaniyalari imzolamadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют