» » O‘zbek telekanallari “Qish sonatasi”ni tanitgan mediakompaniya bilan hamkorlikda seriallar suratga olishi mumkin

O‘zbek telekanallari “Qish sonatasi”ni tanitgan mediakompaniya bilan hamkorlikda seriallar suratga olishi mumkin


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Janubiy Koreyaning Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi.

Prezident bilan muzokaralardan so‘ng, janubiy koreyalik mehmon “Axborot 24” dasturiga bergan intervyusida ba’zi tafsilotlarni ma’lum qildi.

O‘zbekiston telekanallari va Janubiy Koreyaning KBS kanali bilan hamkorlikda teleseriallar yaratish masalasini ham muhokama qildik.

Son Yon Gil, Janubiy Koreyaning Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi

KBS — Janubiy Koreyaning milliy jamoatchilik teleradiokompaniyasi bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik teletarmoqlardan biridir. Shirkatning seriallar suratga olish va ularni efirga uzatishga ixtisoslashgan bir necha shu’balari bor.

O‘zbekistonda favqulodda mashhurlikka erishgan “Qish sonatasi”, “Yoz ifori” va bir qator tarixiy seriallar ilk bor KBS2 telekanali orqali efirga uzatilgan va jahonga mashhur bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda Hyundai Rotem’ning tezyurar poyezdlari paydo bo‘lishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют