» » ?Aleks Fergyusson miyaga qon quyilishi sabab operatsiya qilindi

?Aleks Fergyusson miyaga qon quyilishi sabab operatsiya qilindi


“Manchester Yunayted”ning afsonaviy murabbiyi Ser Aleks Fergyusson shoshilinch jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi, deb xabar beradi “Sports.ru”

Qayd etilishicha, 76 yoshli shotlandiyalik murabbiy payshanba kuni o‘zini yomon his qilgan va juma kuni shifoxonaga yotqizilgan.

“Bugun, Ser Aleks Fergyusson miyaga qon quyilishi sababli tezkor jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi. Amaliyot juda yaxshi o‘tdi. Fergyussonga sog‘ayish uchun bir muddat intensiv parvarish zarur”,— deyiladi “Manchester Yunayted” rasmiy bayonotida.

Ser Aleks “Manchester Yunayted”ni 27 yil davomida (1986-2013) boshqarib, 38 ta sovringa ega chiqqan. Shundan 13 tasi APL chempionligidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют