» » OAV: Janubiy Koreya prezidenti shu haftada tergovchilar tomonidan so‘roq qilinadi

OAV: Janubiy Koreya prezidenti shu haftada tergovchilar tomonidan so‘roq qilinadi


Janubiy Koreyaning vaqtinchalik lavozimidan chetlatilgan prezidenti Pak Kin Xe qurshovidagi korrupsiyaviy mojaro tekshiruvi doirasida shu haftada so‘roq qilinadi. Bu haqda Yonhap agentligiga davlat rahbari ma’muriyatidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“So‘roq shu hafta oxirida o‘tkazilishi mumkin. Xavfsizlik nuqtai nazaridan uning Pak Kin Xe qarorgohida bo‘lib o‘tishi ehtimoli yuqori”, — deya ta’kidladi agentlik manbasi.

Tergovchilar tomonidan so‘roq amalga oshirilgan taqdirda bu Janubiy Koreya tarixidagi ilk shunday holat bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Xvan Gyo An tergovchilarning davlat rahbari qarorgohi — Moviy uy hududida tintuv o‘tkazishda ularga ko‘mak ko‘rsatish iltimosini rad etgandi. 

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют