» » Xitoylik shifokor mamlakatda pulsiz va adashib qolgan rossiyalik sayyohlarni mehmonxonaga joylashtirdi

Xitoylik shifokor mamlakatda pulsiz va adashib qolgan rossiyalik sayyohlarni mehmonxonaga joylashtirdi


Xitoylik shifokor mahalliy Yangi yilni nishonlash uchun kelgan, pulsiz va adashib qolgan rossiyalik juftlik mehmonxonada istiqomat qilishi haqini to‘lab berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Hodisa Sichuan provinsiyasining Ibin shahrida yuz berdi. Rossiyalik yosh juftlik mahalliy kasalxonalardan birining shoshilinch yordam bo‘limiga kirib kelib, u yerdagi koykalardan birini egallab oldi. Ular xitoycha gaplashishni bilmagani uchun maqsadlarini tushunib bo‘lmadi. Xodimlar politsiyani chaqirdi, biroq ular ham juftlik tashrifidan maqsadni anglolmadi va xavf tug‘dirmasliklariga ishonch hosil qilib, ortiga qaytdi. 

Shundan so‘ng kasalxona shifokori Van Lisin ingliz tilini biladigan kuyovini yordamga chaqirdi. Suhbat chog‘ida rossiyalik juftlik Xitoy bo‘ylab sayohat qilayotgani va Sichuan provinsiyasidagi Chendu shahridan Yunnan provinsiyasidagi Kunmin shahriga yo‘l olgani ma’lum bo‘ldi. Biroq ular avtobuslarini adashtirib qo‘yib, Ibin shahriga kelib qolgan, pullari esa tugagan. 

Shifokor rossiyaliklarni mehmonxonalardan biriga olib bordi va ularga 500 yuan (taxminan 75 dollar) evaziga xona olib berdi. Yoshlar u bilan esdalik uchun suratga tushdi va ertasiga Ibinni tark etdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют