» » “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari respublika musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

“Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari respublika musobaqasi g‘oliblari aniqlandi


2—4-may kunlari Farg‘ona shahridagi “Ahmad al-Farg‘oniy” nomidagi istirohat bog‘ida umumta’lim maktablari “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida respublika musobaqasi o‘tkazildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 14 ta jamoa hamda 112 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘zaro bahslashdi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid savollarga javob berdi. Ikkinchi bosqichda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amalda bajargan bo‘lsa, uchinchi bosqichda maxsus arqon va asbob anjomlar yordamida daryoni kesib o‘tish va palatka tiklash ishlarini bajardi. To‘rtinchi va beshinchi bosqichlarda arqon yordamida maxsus tugunlar tugush, ular yordamida balandlikka ko‘tarilish va estafetali yugurishda ishtirok etdi.

Har bir o‘quvchi musobaqada ishtirok etish bilan bir qator o‘zlarining ijodiy ishlari namunalari ko‘rgazmasini tashkil etdi.

Musobaqa yakunida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikka nomzodlar e’lon qilindi. Jumladan:

“Jamoaning yang yaxshi shiori” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent viloyati “Najotkorlar” jamoasi;

“Eng yaxshi qutqaruvchi qiz bola” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati “Matonat” jamoasi a’zosi Shahlo G‘anijonova;

“Eng yaxshi qutqaruvchi o‘g‘il bola” nominatsiyasi bo‘yicha Namangan viloyati “Xaloskorlar” jamoasi a’zosi Fatxulla G‘ulomjonov;

“Eng yaxshi klubning formasi” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati “Matonat” jamoasi;

“Eng yaxshi tashkil etilgan ko‘rgazma” nominatsiyasi bo‘yicha Andijon viloyati “Lochinlar” jamoasi;

“Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan fotoalbom” nominatsiyasi bo‘yicha Navoiy viloyati “Spasatel” jamoasi;

“Estafetada eng yaxshi ko‘rsatgichga erishgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Navoiy viloyati “Spasatel” jamosi;

“Eng yaxshi jamoaning bayrog‘i” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo viloyati “Madad” jamoasi;

“Eng hamjihat jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati “Matonat” jamoasi;

“Eng bilimdon jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo viloyati “Madad” jamoasi;

“Eng yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Xorazm viloyati “Qalqon” jamoasi;

“Eng yaxshi tog‘ tayyorgarligiga ega jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Jizzax viloyati “Alanga” jamoasi;

“Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan videorolik” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo viloyati “Madad” jamoalari taqdirlandi;

Musobaqaning umumiy natijalari bo‘yicha hay’at kengashi eng yaxshi jamoani aniqladi. Unga ko‘ra.

1-o‘rin – Farg‘ona viloyatining “Matonat” jamoasi;

2-o‘rin – Navoiy viloyatining “Spasatel” jamoasi;

3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasining  “Jayxun” jamoasi;

Musobaqaning “Gran-pri” sovrinini esa Sirdaryo viloyatining “Madad” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan g‘oliblarga va barcha qatnashchilarga esdalik sovg‘alari va diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Shu bilan birgalikda, bolalarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida taniqli estrada xonandalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют