» » Hilol Nasimovning Namangan voqealari haqidagi “Muqaddas istak” filmi treyleri chiqdi (video) 

Hilol Nasimovning Namangan voqealari haqidagi “Muqaddas istak” filmi treyleri chiqdi (video) 


Rejissor Hilol Nasimovning “Muqaddas istak” deb nomlangan filmi ilk treyleri e’lon qilindi. Mazkur film davlat buyurtmasi asosida “O‘zbekfilm” kinostudiyasida ishlab chiqarilgan, deb yozadi “Protoday.uz”.

Rejissor ma’lumotiga ko‘ra, film 1988—1992-yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, u mustaqillikdan oldingi, hamda mustaqillikning dastlabki tahlikali yillari haqida hikoya qiladi.

Filmda istiqlolga erishishdagi qiyinchiliklar, nochor ahvol, moddiy qiyinchiliklar, davlatning mustaqilligi, ozodligini xohlamasdan har xil xurujlar uyushtirgan guruhlar faoliyati haqida ham so‘z boradi.

Filmda Sohib Abbosxon, Lola Eltoyeva, Gulbahor Yo‘ldosheva, Erkin Komilov, Muhammad ali Abduqunduzov, Yulduz Hamidova, Farhod Abdullayev, Dilmurod Masaidov, Samiddin Lutfullayev, Shahnoza Ahmedova, Akmal Mirzo singari aktyor va aktrisalar rol ijro etgan. Film premyerasi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Film Toshkent shahri va viloyatida, Namangan shahrida hamda chet mamlakatlarning birida suratga olingan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют