» » Qashqadaryoda ikki oylik chaqaloqni 3 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi (video)

Qashqadaryoda ikki oylik chaqaloqni 3 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi (video)


Prokuratura organlari tomonidan Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida ikki oylik chaqaloqni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Qonun nomi bilan” dasturida ma’lum qilindi.

Xabar berishlaricha, tezkor tadbir davomida Mehrigul Abdiyeva va Zilola Muzropova o‘zaro jinoiy til biriktirib, Mehrigulning jiyani — Qurbonovaning nikohsiz tug‘ilgan ikki oylik o‘g‘lini Bekmurodovaga uch million so‘mga sotayotgan vaqti qo‘lga olingan.

“Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, — deya ma’lum qilindi ko‘rsatuvda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют