» » Video: Andijondagi bananzor! Uning egasi yiliga 400 ming dollargacha daromad olmoqchi

Video: Andijondagi bananzor! Uning egasi yiliga 400 ming dollargacha daromad olmoqchi


Andijonlik tadbirkor Muhammadjon Dadajonov Gollandiya texnologiyasi asosida Asaka tumanidagi uch gektar maydonda issiqxona qurdi, deya xabar bermoqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi.

Issiqxonaning bir gektar maydonida gidroponika usulida pomidor, bulg‘or qalampiri yetishtirilmoqda. “Ikki gektariga esa bananning mitti Kavendish navi ekildi — bu O‘zbekiston uchun yangilik”, — deydi tadbirkor.

Xabar berishlaricha, ekilganiga 15—20 kun bo‘lgan Andijondagi banan ko‘chatlari 2018-yil oxiriga borib meva berishni boshlaydi. “Davr” boshlovchilarining qayd etishicha, tadbirkor bananzor orqali yiliga 300—400 ming dollar daromad olishni rejalashtirmoqda.

Loyiha turkiyalik hamkorlik bilan birgalikda ro‘yobga chiqarilgan bo‘lib, buning uchun 2,5 million dollar mablag‘ sarflangan. Bu issiqxonalarning qurilishi bilan 45 kishi ish bilan ta’minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют