» » Kreml Trampning Eron “terrorchi davlat” ekanligi haqidagi fikriga qo‘shilmadi

Kreml Trampning Eron “terrorchi davlat” ekanligi haqidagi fikriga qo‘shilmadi


Kreml Eronni “terrorchi davlat” deb hisoblamaydi va ushbu mamlakat bilan munosabatlarni rivojlantirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Donald Trampning Eronni “birinchi raqamli terrorchi davlat” deb atagani haqida to‘xtalib, “Biz savolning bunday qo‘yilishiga qarshimiz”, — deb qayd etdi.

“Sizga ma’lumki, Rossiya Eron bilan iliq sherikchilik munosabatlari o‘rnatgan. Biz qator masalalarda birgalikda faoliyat yuritamiz. Savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarimizni qadrlaymiz va ularni yanada rivojlantirishga umid qilamiz”, — dedi Kremlning rasmiy vakili.

Peskov Eronga nisbatan turlicha bo‘lgan qarashning AQSh va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar yaxshilanishiga ta’sir qilishi ehtimoli haqidagi savolga ham javob berdi:

“Hech kimga sir emas, qator xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha Moskva va Vashingtonning nuqtai nazari bir-biriga mutlaqo zid. Shu bilan bir vaqtda ushbu holat Rossiya va AQSh o‘rtasida aloqalar va o‘zaro foydali pragmatik munosabatlar o‘rnatishga to‘sqinlik qilmaydi va qilmasligi ham kerak”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eronni “birinchi raqamli terrorchi davlat” deb atab, Tehronni AQShni mutlaqo hurmat qilmaslikda ayblagan edi.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 162) ( 0) ( 160) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют