» » “Ahmad-tema bo‘lib ketyapti deb aytgandim”. Chinozda 191 mln so‘mlik qoramolni “yeb yuborgan” dallollar ushlandi

“Ahmad-tema bo‘lib ketyapti deb aytgandim”. Chinozda 191 mln so‘mlik qoramolni “yeb yuborgan” dallollar ushlandi


Toshkent viloyatining Chinoz va Yangiyo‘l tumanlaridagi aholining qoramollari uchun bozor narxidan ko‘proq pul va’da qilib, qoramollarni ham, ularning sotuvidan tushgan pullarni ham o‘zlashtirib yuborgan shaxslar qo‘lga olindi.

“Toshkent” telekanalining “Poytaxt-Vaziyat” ko‘rsatuvida ma’lum qilinishicha, jinoiy guruh jami 11 nafar fuqaroning 191 million so‘mlik qoramollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlashtirib yuborgan.

Guruhning yosh a’zosi — 1999-yilda tug‘ilgan A.Akramov o‘z vaqtida sherigi — B.Hojiyevni qilayotgan ishlari chinozlik Ahmadboynikiga o‘xshab ketayotganidan ogohlantirgan, biroq B.Hojiyev bu oldi-sotdi ekani, “ishning bu tomoniga aralashmaslik”ni maslahat bergan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Akramov va B.Hojiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandlari bilan ish ochilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 1) ( 89) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...