» » Paynet savdo belgisi ostida aholidan to‘lovlarni qabul qilish faoliyati to‘xtatilmasligi bildirildi

Paynet savdo belgisi ostida aholidan to‘lovlarni qabul qilish faoliyati to‘xtatilmasligi bildirildi


UzPaynet kompaniyasi o‘z faoliyati to‘xtatilishi haqida 6-may kuni paydo bo‘lgan xabarlarga munosabat bildirdi. Kompaniya bayonoti bilan quyida to‘liq tanishish mumkin.

Mavzuga doir: UzPaynet kompaniyasining faoliyati tugatiladi

Hozirgi vaqtda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda Paynet faoliyati to‘xtatiladi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

UzPaynet kompaniyasi shuni ma’lum qiladiki, Paynet savdo belgisi ostida aholidan to‘lovlarni qabul qilish faoliyati to‘xtatilmaydi.

O‘zbekiston Prezidentining “Xalq banki va ‘Mikrokreditbank’ning moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, aholidan to‘lovlarni Paynet savdo belgisi ostida qabul qilish faoliyati Xalq banki tuzulmasi tarkibida amalga oshiriladi.

To‘lovlarni qabul qilish tizimi ish faoliyati uzluksiz va odatdagidek davom etmoqda. Hozirda aholiga va to‘lov agentlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

UzPaynet kompaniyasi bayonotidan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют