» » Nyu-Yorkdagi muzey Trampga norozilik sifatida Pikassoning suratlarini eronlik rassomlarning ishlari bilan almashtirdi

Nyu-Yorkdagi muzey Trampga norozilik sifatida Pikassoning suratlarini eronlik rassomlarning ishlari bilan almashtirdi


Nyu-Yorkdagi zamonaviy san’at muzeyi, AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya haqidagi farmoniga norozilik ramzi sifatida, doimiy namoyishda turgan Pablo Pikasso, Anri Matiss va boshqa G‘arb rassomlarining suratlarini eronlik san’at ustalarining ishlari bilan almashtirdi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, namoyishga qo‘yilgan qariyb barcha san’at asarlari “tug‘ilganidan beri yoki kelib chiqishi” eronlik bo‘lganlar tomonidan tayyorlangan. Masalan, endi muzey zallarida videorassom ayol Tola Madaniy, haykaltarosh Parviz Tanavoliy, fotosuratchi Sheron Shahboziyning ishlarini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, sudanlik rassom Ibrohim al-Solihiy va kelib chiqishi iroqlik bo‘lgan britaniyalik me’mor — Zahi Xadidning ijodiy ishlari ham ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Har bir eksponatga izohlovchi matn ilova qilingan. Unda, xususan, mehmondo‘stlik va erkinlik g‘oyalari nafaqat butun AQSh uchun, balki muzey uchun ham muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z boradi.

Eslatib o‘tamiz, Trampning migratsiya to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, aholisi asosan musulmonlardan iborat yetti mamlakat — Eron, Iroq, Sudan, Liviya, Somali, Yaman va Suriya fuqarolarining AQShga kirishi vaqtincha cheklangan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют