» » “El-Klasiko”: Serji Roberto qizil olgan, Ronaldu jarohatlangan o‘yinda “Barselona” va “Real” jangovar durang qayd etdi

“El-Klasiko”: Serji Roberto qizil olgan, Ronaldu jarohatlangan o‘yinda “Barselona” va “Real” jangovar durang qayd etdi


Ispaniya La Ligasi 36-turi markaziy uchrashuvi 6-may sanasida “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tdi.

Muddatidan avval chempionlikka erishgan “Barselona” azaliy raqibi “Real”ga qarshi kurash olib bordi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Serji Robertoning uzatmasini Luis Suaresga golga aylantirdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Krishtianu Ronaldu boshi bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi. Ronaldu gol urgan vaziyatda Pikening qo‘polligi sabab jarohat oldi va ikkinchi bo‘limni zaxira o‘rindig‘ida kuzatishga majbur bo‘ldi. Birinchi bo‘lim yakunida Serji Roberto Marseloga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va hakam Robertoga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatib, uni maydondan chetlardi.

Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Leo Messi Navas darvozasini ishg‘ol etdi. 72-daqiqaga kelib Garet Beyl Asensioning pasini chiroyli tarzda “Barselona” darvozasiga joylab qo‘ydi. Shu tariqa o‘yin tomonlarning jangovar durangi bilan yakunlandi.

La Liga

36-tur bellashuvlari

6-may, yakshanba

Gollar: 1:0 – 10 Suares, 1:1 – 14 Ronaldu, 2:1 – 52 Messi, 2:2 – 72 Beyl.

“Barselona”: ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Nelson Semedu, 46), Serji Roberto, Buskets, Rakitich, Inyesta (Paulinyo, 58), Messi, Suares (Pako, 90+1).

“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Nacho (Vaskes, 68), Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 84), Beyl, Ronaldu (Asensio, 46), Benzema.

Ogohlantirishlar: Nacho (12), Varan (31), Suares (44), Ramos (44), Messi (45), Beyl (76), Marselo (77), Rakitich (85).

Chetlatish: Serdji Roberto (45).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 02:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют