» » Qarshida MIB xodimi iste’molchining elektrdan qarzdorligi bo‘yicha yolg‘on ma’lumot kiritgani aniqlandi

Qarshida MIB xodimi iste’molchining elektrdan qarzdorligi bo‘yicha yolg‘on ma’lumot kiritgani aniqlandi


Qarshidagi “Beklar” mahallasi, “Balx” ko‘chasida yashovchi Jo‘ra Turopov shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari xizmatidan norozi bo‘lib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining matbuot va axborot bo‘limi ma’lum qildi.

Fuqaro murojaatida “Beklar” mahallasi aholisiga elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha mas’ul Qarshi shahar Majburiy ijro byurosi xodimi iste’molchiga tegishli elektr hisoblagich ko‘rsatkichini xonadonga borib tekshirmasdan, ASU ma’lumotlar bazasiga iste’molchi abonent kartasiga 2018-yil 26-fevral holatiga qo‘shimcha ravishda 11286 kilovatt noreal ma’lumot kiritganini bildirgan. Bugungi kunda hisoblagichning haqiqiy ko‘rsatkichi 6572 kilovattni tashkil qilganini qayd etib, jamiyat xodimlaridan mazkur masalada amaliy yordam berishni so‘ragan.

Arizadagi holat yuzasidan tegishli tartibda shahar jamiyati xodimlari hamda Majburiy ijro byurosi nazoratchilari tomonidan joriy yilning 9-aprel kuni fuqaro xonadonida dalolatnoma asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi. Natijada fuqaro xonadonidagi elektr hisoblagich ko‘rsatkichi 6771 kilovatt ekani, iste’molchi sarf qilinmagan elektr energiyasi uchun ortiqcha 3906 kilovatt to‘lovni amalga oshirgani, shuningdek, byuro xodimi 2017-yil 15-noyabr holatida xonadonda 10677 kilovatt elektr energiyasi iste’mol qilindi, deya yolg‘on ma’lumot kiritgani aniqlandi.

Aniqlangan holat bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xatoni bartaraf etish maqsadida xonadonda o‘tkazilgan xatlov natijasi to‘g‘risida ASU ma’lumotlar bazasiga ma’lumot kiritilib, fuqaro abonent kartasidagi qarzdorlik bartarf etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют