» » Iordaniya Suriya janubidagi muxolifatchilar sulhga qo‘shilish va IShIDga qarshi kurashishga tayyorligini bildirdi

Iordaniya Suriya janubidagi muxolifatchilar sulhga qo‘shilish va IShIDga qarshi kurashishga tayyorligini bildirdi


Suriyaning janubiy viloyatlarida harakat qilayotgan muxolifat kuchlari mamlakatda e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga qo‘shilishga, shuningdek, IShID kabi terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashishga tayyor. Bu haqda, “RIA Novosti”ning yozishicha, Suriya masalasi bo‘yicha Ostonada o‘tkazilgan uchrashuv vaqtida Iordaniya vakillari ma’lum qilgan.

Xabar berishlaricha, Iordaniya ekspertlarining mazkur axboroti Eron va Turkiya tomonida, shuningdek, BMT vakillarida qiziqish uyg‘otgan, ular Suriya janubidagi muxolifat kuchlari bilan ishlashga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Avvalroq Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha birinchi yig‘ilishda Iordaniya vakillari ham ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют