» » Isroil fikridan qaytib, Eron bilan urush olib borishga qaror qildi

Isroil fikridan qaytib, Eron bilan urush olib borishga qaror qildi


Isroil o‘zining shimoliy chegaralarida dushmanlik ruhidagi Eron qo‘shinlarining bo‘lib turishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Biz Eronning o‘zimizga qarshi tajovuzini to‘xtatib qolish bo‘yicha qat’iyatga to‘lamiz, hattoki bu nizoni anglatsa ham”, — dedi u va buni kech bo‘lgandan ko‘ra, hozir amalga oshirgan yaxshiroq ekanligini qo‘shib qo‘ydi.

Isroil hukumati rahbari Tehronning Suriyadagi harbiy ishtirokining kuchayishi Isroilga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar sifatida baholanayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Isroil eronliklarni dushman hisoblamasligi, yuz yillar davomida ikki mamlakat xalqlari do‘stona munosabatda yashaganligini aytib, mamlakatning Eron bilan urush qilish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют