» » Bahodir Jalolov: Olimpiada oltin medalini olishim kerak, chunki vatanimdan qarzim bor

Bahodir Jalolov: Olimpiada oltin medalini olishim kerak, chunki vatanimdan qarzim bor


6-may sanasida Osiyo chempioni, Jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov professional ringdagi ilk jangini o‘tkazdi va g‘alaba qozondi. Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati esa bokschi bilan intervyu uyushtirdi.

Jang juda yaxshi o‘tdi. Raqibim meksikalik tajribali charm qo‘lqop ustasi edi. Bellashuv uchun taktika ishlab chiqdik va g‘alaba qozona oldik. Ushbu yutuqni yurtdoshlarimga bag‘ishlayman. Chunki xalqimning duosi bilan mana shu muvaffaqiyatga erishdim. Bizga sharoit yaratib berayotgan Milliy olimpiya qo‘mitasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. E’tibor uchun rahmat aytaman. Keyingi jangimni iyun oyida tashkil qilamiz. Raqib hozircha noma’lum. Oldimga qo‘ygan maqsadim katta. Nasib qilsa, 2020-yilda Tokioda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etaman. U yerda oltin medalni qo‘lga kiritishim kerak. Chunki vatanimdan oltin medal qarzim bor. Nasib qilsa Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘laman. Va, albatta, professional boksda ham chempionlik kamarini qo‘lga kiritib, O‘zbekistonni yanada dunyoga tanitaman. Og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamari nasib qilsa bir kun kelib menda bo‘ladi.

Bahodir Jalolov, professional bokschi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют