» » Denovda “Qora dori 2018” profilaktik tadbiri o‘tkazildi

Denovda “Qora dori 2018” profilaktik tadbiri o‘tkazildi


1-may kuni Surxondaryo viloyat IIB jinoyat-qidiruv boshqarmasi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Denov tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Denov tumani A.Karimov SIU Daxana mahallasida yashovchi 1966-yilda tug‘ilgan, S.Aning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida yashash uyi va yordamchi xo‘jaligidan jami 125 tup marixuana giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

27-aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Denov tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Denov tumani Feruz ko‘chasida yashovchi 1956-yilda tug‘ilgan K.Z.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash uyi tomorqasida jami 71 tup marixuana giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va xolislar ishtirokida tegishli tartibda xujjatlashtirib olindi va K.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют