» » O‘zbekistonda nashr qilingan kitoblar taqdimoti Fransiyada o‘tkazildi

O‘zbekistonda nashr qilingan kitoblar taqdimoti Fransiyada o‘tkazildi


Fransiyaning tillar va sivilizatsiya kutubxonasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr qilingan 15 ta kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Movarounnahr ulamolari asarlari, xususan, Imom Buxoriyning XVII asrga oid “Sahihi Buxoriy” kitobi, Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”, Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddamat ul-adab” asari qo‘lyozmalari fondimizning chin ma’nodagi xazinasi hisoblanadi. Biz ushbu asarlarni o‘rganishda o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdormiz”, – deydi kutubxona rahbari Benjamin Gishar.

Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchilarining Fransiyada malaka oshirishlariga kelishildi.

Kutubxona qo‘lyozmalarga dastlabki ishlov berish, ularni tiklash va raqamlashtirish mutaxassisliklari bo‘yicha 2 nafar o‘zbekistonlik amaliyotchini qabul qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют