» » Ostona shahrida ustuni ham yonib turadigan svetoforlar ishga tushirildi (foto)

Ostona shahrida ustuni ham yonib turadigan svetoforlar ishga tushirildi (foto)


Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida sinov tariqasida ustuni ham yonib turadigan svetofor ishga tushirildi, deb xabar beradi TengriNews.

Respublika shoh ko‘chasida, “Yesil” savdo uyi ro‘parasiga o‘rnatilgan svetofor ustuni chirog‘ining rangiga monand tarzda yonib turadi. Bu esa haydovchilarga qorong‘i paytida svetoforning qaysi chirog‘i yonayotganini aniq va ravshan ko‘rsatib turadi. Mazkur tizim hozirda Kiyev, Moskva va Dubay kabi megapolislarda qo‘llaniladi.

Shuningdek, yangi turdagi svetofor ko‘zi ojiz fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida svetoforning chirog‘i haqida ma’lumot beruvchi ovozli yordamchi bilan ham ta’minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют