» » “Bu yerdan tirik chiqqanimdan mamnunman”. Bobomurod Abdullayev sud zalidan ozod qilindi

“Bu yerdan tirik chiqqanimdan mamnunman”. Bobomurod Abdullayev sud zalidan ozod qilindi


Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayev 7-may, dushanba kunni sud zalidan ozod qilindi. Ulardan uch nafari — Nasriddinov, Olloyorov va Salayev to‘liq oqlandi, sud ularga nisbatan jinoiy ishning to‘xtatilishini belgiladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Bobomurod Abdullayevga nisbatan ayblov JKning 159-moddasi 4-qismidan (“Hokimiyatni egallash va O‘zbekiston Respublikasi konstitutsion tuzumini ag‘darish maqsadida fitna uyushtirish”).

Sud uni aybdor deb tan olib, oylik ish haqining 20 foizini ushlab qolish sharti bilan uch yillik axloq tuzatish ishlariga hukm etdi. Bobomurod Abdullayev 221 kun hibsda tutib turilganini inobatga olgan holda, bu muhlat hisobdan chiqarib tashlandi. Shu tariqa, Bobomurod Abdullayev bir yildan ko‘proq axloq tuzatish ishlari bilan band bo‘ladi.

Bobomurod Abdullayev apellyatsiyaga bermasligini, sud qaroridan mamnunligini aytdi. U Prezidentga minnatdorlik bildirdi.

“Mamnunman. Bu yerdan tirik chiqqanimdan mamnunman. Ozodlikka chiqqanimdan xursandaman, majlis ochiq o‘tganidan xursandman. O‘ylaymanki, bu qaror Prezident tomonidan olib borilayotgan siyosatni liberallashtirish samarasidir. Prezidentga rahmat, sudga rahmat”, — dedi u.

Sud xususiy aniqlov chiqarib, unda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatini tezkor xodimlar hamda Nodir To‘raqulov boshchiligidagi tergov guruhi a’zolari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarga e’tibor berishga chaqirdi. Hujjatda xizmat tekshiruvini o‘tkazib, Jinoiy-protsessual kodeksga qat’iy amal qilinishi bo‘yicha choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют