» » Denovda tomorqasida marixuana yetishtirayotgan otaxon qo‘lga olindi

Denovda tomorqasida marixuana yetishtirayotgan otaxon qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyati ichki ishlar idorasi xodimlari Denov tumanida tezkor tadbir o‘tkazganida Feruz ko‘chasida yashovchi Tolmas Qaytmasovning (ism-shariflar shartli) uyini ham birrov ko‘zdan kechirdi. Buni qarangki, uy tomorqasida marixuana parvarish qilinayotgan ekan, deya xabar beradi O‘zA.

Shundan so‘ng tomorqada bo‘y ko‘rsatib turgan 71 tup giyohvandlik o‘simligi xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib, T. Qaytmasovga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Uning 29 yoshli o‘g‘li Olmos Qaytmasovga o‘tgan yili firibgarlik jinoyati uchun axloq tuzatish” jazosi tayinlanib, profilaktik hisobga olingan edi. Joriy yilning fevral oyida u 10 kilogramm gashish va 3,6 kilogramm marixuana giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga tushdi.

Unga nisbatan JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tolmas Qaytmasov o‘g‘lining bunday qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan shekilli, endilikda o‘zi ham jirkanch jinoyat ko‘chasiga kirib qoldi.

Ayni paytda 62 yoshdagi bu shaxsning mazkur harakati yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют