» » O‘zbekistonda Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

O‘zbekistonda Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Qarorga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik shartlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi.

Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Ishlab chiqarish va xizmatlarning yangi va zamonaviy turlarini yaratish maqsadida hududlarning salohiyati va resurs bazalarini chuqur tadqiq qilish;

Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsion menejmentni rivojlantirish;

Yangi va talab yuqori bo‘lgan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish bo‘yicha innovatsion loyihalar-startaplarni, jumladan, xorijda qo‘llaniladigan ilg‘or uslub va texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish;

Innovatsiyalar bozorining marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar bozorlarini shakllantirish, ularning bozor talablariga yo‘naltirilishi va moslashishi uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

Investorlar va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar iste’molchilarini qidirib topish ishlarini, jumladan, innovatsion infratuzilma subyektlari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish orqali tashkil etish;

Innovatsion faoliyatni amalga oshirish masalalari bo‘yicha manfaatdor shaxslarning keng doirasiga maslahat berish, aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ommalashtirishga qaratilgan reklama va ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish;

Qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, startaplar hamda sanoat va qishloq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridagi boshqa sheriklar bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirish;

Innovatsion faoliyatning ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan natijalarini ilgari surish va tijoratlashtirish.

Markazlarni tashkil etishda quyidagilar davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari etib belgilandi:

Markazlarni tashkil etish va ularga tegishli infratuzilmani (transport bog‘lamalari, avtostansiyalar, avtobekatlar mavjudligi va h.k.) qurish uchun zarur yer uchastkalari, bo‘sh binolar xususiy sheriklarga haq undirilmasdan, istisno tariqasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida ajratiladi;

Markaz binolarini qurish uchun yer uchastkalarini tanlash belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

Davlat va xususiy sheriklar tenglik asosida markazlarning ta’sischilari sifatida ishtirok etadi;

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv markazlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 20 yil muddatgacha tuziladi;

Markazlar faoliyatining yo‘nalishi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv amal qilishining butun muddati davomida saqlanib qoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют