» » Rossiyada ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi

Rossiyada ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi


Rossiyaning Stavropol shahridagi ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, portlash ko‘p qavatli uyning sakkizinchi va to‘qqizinchi qavati o‘rtasida yuz bergan. Voqea joyiga favqulodda xizmat xodimlari yetib borgan. Xabarlarga ko‘ra, portlash yuz bergan uy yaqinidagi maktab o‘quvchilari evakuatsiya qilingan.

Rossiya FVV tomonidan xabar qilinishicha, o‘t o‘chiruvchilar yong‘in haqidagi chaqiruvga asosan mazkur manzilga yetib borgan, biroq u yerda yong‘in bo‘lmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uyda granata portlagan bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют