» » Germaniyada qamoqdan qochib yurgan 89 yoshli “natsist buvi” qidirilmoqda

Germaniyada qamoqdan qochib yurgan 89 yoshli “natsist buvi” qidirilmoqda


Germaniyada Ursula Xaverbek ismli 89 yoshli keksa ayol qidirilmoqda. U Xolokostni rad etgani uchun qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq jazodan yashirinishda davom etmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xaverbek Xolokost bilan bog‘liq birdaniga bir nechta holat bo‘yicha ayblanmoqda. Xususan, u Aushvits konslagerida gaz kameralari bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarda birorta haqiqatga yaqin so‘z yo‘qligini aytgan. Bir nechta sud jarayoni yakuniga ko‘ra ayol ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Mahalliy OAV ayolni “natsist buvi” deb ataydi.

Hukm qilingan ayol 23-aprelda boshlanishi kerak bo‘lgan jazoni o‘tash uchun kelmagan. Shundan so‘ng Quyi Saksoniya yeri prokuraturasi ayolni hibsga olish uchun order berishga majbur bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют