» » Shaolin ibodatxonasi rahbarining boshqa ism-sharifga berilgan ikkinchi pasporti ham borligi aniqlandi

Shaolin ibodatxonasi rahbarining boshqa ism-sharifga berilgan ikkinchi pasporti ham borligi aniqlandi


Dunyoga mashhur Shaolin ibodatxonasi rahbari Shi Yunsin boshqa ism-sharif —Lyu Inchen nomiga berilgan shaxsni tasdiqlovchi guvohnomaga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

So‘nggi paytlarda “cheksiz boyliklari va sanoqsiz jazmanlari” haqida ovozalar tarqalib ketgan rohib ikkinchi nomiga berilgan ichki pasportdan hech qachon foydalanmagani va uni huquq-tartibot idoralariga topshirishga tayyorligini ma’lum qilgan.

“Hozirgi shaxsni tasdiqlovchi guvohnomam 1985-yilda, 20 yoshda to‘lganimda olingan. O‘shanda o‘zimni yangi buddaviy nomimni ham olganman”, — deya ta’kidladi Shi Yunsin.

Xitoy rasmiylari 1965-yilda berilgan birinchi guvohnomani ham, rohibning ilk ismi-sharifini ham bekor qilishini bildirdi.

Qayd etish joiz, mahalliy prokuratura bundan ikki yil avval ibodatxona rahbari 15 ta avtomobil (ulardan 11 tasi qimmatbaho xorijiy mashinalar) egasi ekanligini aniqlagan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют