» » Xiaomi Redmi S2: Tarmoqlarda smartfonning texnik tavsifi, narxi va suratlari paydo bo‘ldi

Xiaomi Redmi S2: Tarmoqlarda smartfonning texnik tavsifi, narxi va suratlari paydo bo‘ldi


Xiaomi o‘zining navbatgi yangi smartfoni — Redmi S2 modelini 10-may kuni taqdim etadi. Bu haqda Hi-Tech.Mail.Ru xabar berdi.

Rasmiy taqdimot oldidan AliExpress’da Redmi S2’ning texnik tavsiflari bayon etilgan holda unga buyurtma qabul qilish boshlandi.

Xiaomi Redmi S2 o‘lchamlari 160,73 x 77,26 x 8,1 millimetrni tashkil etadi. Qurilmaning orqa tarafi Xiaomi Mi 6X’ni eslatadi, unda vertikal holatda ikkitalik kamera va barmoq izi skaneri joylashgan. Smartfon uchta rangda taqdim etilgan: kulrang, pushti va tillarang.

Redmi S2’ga 5,99 dyuymli displey, 3 gigabayt tezkor xotira va 32 gigabayt ichki xotira o‘rnatiladi. Qurilma Snapdragon 625 protsessorida ishlaydi. Akkumulyator sig‘imi esa 3080 mA/soatni tashkil etadi.

Smartfon asosiy kamerasi 12+5 megapiksellga, frontal kamerasi esa 16 megapiksellga teng. Yuqori sifatli fotosuratlarni tayyorlashda foydalanuvchiga sun’iy intellekt yordam beradi, uning yordamida tasvirni olish vaqtida va undan keyin ham ishlov beriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 159 dollardan 187 dollar oralig‘ida bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют