» » Xiaomi Mi 7 smartfoni va Mi Band 3 brasleti may oxirida taqdim etiladi

Xiaomi Mi 7 smartfoni va Mi Band 3 brasleti may oxirida taqdim etiladi


Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining yuzni tanib olish bo‘yicha 3D-texnologiyaga ega birinchi Android-smartfonini shu oy oxirida taqdim etishi mumkin, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Mi 7 ekran tepasidagi “qosh”ga ega bo‘ladi hamda yuzni tanib olish bo‘yicha 3D-texnologiya, displey ostidagi barmoq izi skaneri va simsiz quvvat olish kabi kengaytirilgan funksiyalar bilan jihozlanadi.

Shuningdek, flagmanga 5,65 dyuymli OLED-displey o‘rnatiladi, uning kattaroq varianti — Mi 7 Plus 6,01 dyuymli ekranga ega bo‘ladi. Gadjet Snapdragon 845 chipseti va 6 Gb tezkor xotira bilan jihozlanadi. Ular bilan bir vaqtda taqdim etiladigan Mi Band 3 brasleti esa sensorli displey, imo-ishoralarni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi va NFC texnologiyasiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют