» » O‘zbekistonda Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi. Bu O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti qarorida ko‘zda tutilgan. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Qarorga muvofiq, 2018-yil 1-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi, Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi, “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi tugatiladi. Shuningdek, 2018-yil 1-avgustdan “O‘zstandart” agentligining “O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasi tugatiladi.

Quyidagilar inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

a) qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi holati;

paxta va don ekinlarining urug‘larini davlat tomonidan buyurtma qilish, tayyorlash, alohida qayta ishlash hamda saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi;

qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda shakllantirish bo‘yicha talablar bajarilishi;

don ekinlari, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resurslarining sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi ta’minlanishi;

qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi;

qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish orqali qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi;

sun’iy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi;

idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi;

qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining, ularning ekspluatatsiya qilinishi, sifati samaradorligining, servis va ta’mirlash xizmatlarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshirish;

b) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, paxta xom ashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazish;

v) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish.

Bundan tashqari, inspeksiya huzurida “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Markaz tomonidan inspeksiyaning nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют