» » Klopp “Chelsi”ga qarshi o‘yinda simulatsiya ishlatgan Muhammad Salohni tanqid qildi

Klopp “Chelsi”ga qarshi o‘yinda simulatsiya ishlatgan Muhammad Salohni tanqid qildi


“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya premyer ligasining 37-turida “Chelsi”ga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatli uchrashuvdan so‘ng jamoa yetakchisi Muhammad Salohni tanqid qildi, deb yozadi “Sports.ru”.

O‘yin bosh hakami Entoni Teylor 39-daqiqada misrlik futbolchiga simulyatsiya uchun sariq kartochka ko‘rsatdi. Bu Saloh uchun mavsumdagi ilk sariq kartochka bo‘ldi.

“Ha, u ataylab yiqilgandi, shunday emasmi? Saloh raqib o‘ziga tegishini kutdi. Men esa uni bunday holatda ko‘rishni xohlamayman. Uning bunday ish qilishini xohlamayman. Ammo bu ro‘y berib bo‘ldi. Bunday holatda fol ishlab bo‘lmaydi. Bu to‘g‘ri ham emas. U yaxshiroq o‘ynashi mumkin va shart edi, yana gol urishda davom etishi mumkin edi, Muhammad qolgan o‘yinlarda gol ura olishiga ishonaman”, – dedi Klopp.

Hozirda Saloh hisobida APLda urilgan 31 ta gol mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют