» » Rossiya xokkey klubi shifokori samolyotda yo‘lovchi hayotini saqlab qoldi

Rossiya xokkey klubi shifokori samolyotda yo‘lovchi hayotini saqlab qoldi


Rossiyaning “Zorkiy” (Krasnogorsk) to‘pli xokkey klubi shifokori Roman Kuxayev Murmanskdan Moskvaga yo‘l olgan samolyot yo‘lovchisi hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Moskva viloyati jismoniy tarbiya va sporti vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Parvozdan so‘ng oxirgi qatorda o‘tirgan yo‘lovchining ahvoli yomonlashganini ko‘rib qoldim. Darrov shifokorimiz oldiga bordim. Roman Yurevich unga darhol zarur dori-darmonlar berdi va qon bosimini o‘lchadi, so‘ng yerga yotqizdi. Styuardessalar uchuvchilar bilan bog‘landi, bu payt shifokorimiz yo‘lovchini jonlantirish bilan ovora edi”, — deya ta’kidladi Krasnogorsk klubi bosh murabbiyi Andrey Rushkin.

Uchuvchilar shifokor maslahati bilan samolyotni Murmansk tomonga qaytardi va mahalliy aeroportda shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi.

Bu yerda tez tibbiy yordam mashinasi va politsiya kutib turgan edi. Yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi, uning hozirgi holati haqida xabar berilmadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют