» » Toshkent shahar hokimi shaharda daraxtlarning ayovsiz kesilishi holatlarini o‘z nazoratiga oladi

Toshkent shahar hokimi shaharda daraxtlarning ayovsiz kesilishi holatlarini o‘z nazoratiga oladi


Toshkent shahar hokimligi shahardagi daraxtlarni kesib tashlayotgan boshqarma va tashkilotlarni ogohlantirdi.

“Bir necha o‘n yillik sog‘lom va shahrimizni chiroyiga chiroy bag‘ishlab turgan daraxtlarning ayovsiz kesib tashlanayotganligiga keskin barham berish maqsadida, mas’ul boshqarma va tashkilotlar Toshkent shahar hokimligi tomonidan qattiq ogohlantiriladi. Javobgarlikkacha tortish choralari ko‘riladi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimi poytaxtimiz aholisiga ushbu tartibsizliklarga uch kun ichida barham berilishi va bunday noqonuniy harakatlarga chek qo‘yilishini shaxsan o‘zi nazoratga olishini bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Biror joyda daraxt kesilayotganda befarq bo‘lmagan shahar aholisi buning oldini olish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ishonch telefoniga 277-75-43 yoki Ichki ishlar idoralariga 233-72-33 qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.

“Bu bilan siz xalqimizga tegishli bo‘lgan boylikni talon-taroj qilinishini oldini olgan bo‘lasiz! Hurmatli hamshaharlar, Toshkent shahar hokimligi sizlarni ushbu ishlarda faol bo‘lishingizni so‘raydi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют