» » Shahzoda Garri yugurish musobaqasida akasi Uilyam va kelinoyisi Keyt Middltonni ortda qoldirdi

Shahzoda Garri yugurish musobaqasida akasi Uilyam va kelinoyisi Keyt Middltonni ortda qoldirdi


Buyuk Britaniya shahzodalari Garri va Uilyam, shuningdek, Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton 50 metr masofani yugurib o‘tdi. Bu haqda Daily Mirror xabar bermoqda.

5-fevral kuni 150 ga yaqin yuguruvchi 23-aprelga belgilangan marafonga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Londondagi Olimpiya stadioni yonidagi bog‘da to‘plandi.

Qirollik oilasi vakillari odamlarning e’tiborini Heads Together xayriya tashkilotiga qaratish niyatida yuguruvchilarga qo‘shildi.

Mashg‘ulot tashkilotchilari Garri, Uilyam va Keytga 50 metr masofani yugurib o‘tishni taklif qildi.

“Oh, mening poylarim”, — deb hazilona noligan shahzoda Uilyam unga tanishtirilgan qoidalarga rozi bo‘ldi.

Qirollik oilasining uch vakili sport kiyimini kiymagan holda kundalik kiyimda bahslasha boshladi.

Shahzoda Garri akasini ortda qoldirib, finishga birinchi bo‘lib yetib keldi. Undan so‘ng finish chizig‘ini shahzoda Uilyam kesib o‘tdi.

Uilyamning yugurish uchun noqulay bo‘lgan tanaga yopishib turuvchi jinsi kiygan rafiqasi belgilangan masofani eng oxirgi bo‘lib bosib o‘tdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют