» » Ispaniyada Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari Artur Masni qo‘llash uchun sud binosi oldida to‘plandi

Ispaniyada Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari Artur Masni qo‘llash uchun sud binosi oldida to‘plandi


Ispaniyada Kataloniya muxtor viloyati hukumatining sobiq raisi Artur Mas, shuningdek, uning sobiq o‘rinbosari Joana Ortega hamda ta’lim bo‘yicha sobiq maslahatchisi Iren Rigau ustidan ish boshlagan sud binosi oldida minglab namoyishchilar to‘plandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sud binosi oldiga yig‘ilganlar “mustaqillik” so‘zini takrorlamoqda.

Ularning ko‘pchiligi Kataloniya yerlarining norasmiy bayrog‘i — “estelada”ni o‘zi bilan olib kelgan.

Mazkur bayroq muxtor hududning Ispaniya tarkibidan chiqishi tarafdorlari ramzi hisoblanadi.

Kataloniyaning hozirgi rahbari Karles Puchdemon hamda gumonlanuvchilar bilan bilan birga Barselona ko‘chalari bo‘ylab sud binosiga qadar yerib kelgan boshqa mintaqaviy siyosatchilar ham Artur Masni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Kataloniyaning sobiq rahbari, o‘z navbatida, sud chiqargan qaror uni qoniqtirmasa, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishga tayyorligini qayd etgan edi.

Avvalroq mustaqillik masalasi bo‘yicha muxtor hudud aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazgani uchun Kataloniyaning sobiq bosh vaziri sud qilinayotgani xabar qilingan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют