» » Jahon Chempionati munosabati bilan Rossiyada fuqarolarni ro‘yxatga olish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

Jahon Chempionati munosabati bilan Rossiyada fuqarolarni ro‘yxatga olish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi


Rossiya prezidentining “FIFA 2018 – Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish davrida xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” farmoniga muvofiq Rossiya federatsiyasi subyektlarining 2018-yil futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish bilan bog‘liq hududlarida hamda ular atrofida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari qo‘llaniladi va ushbu hududlar uchun chet el fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalariga o‘zgarishlar kiritiladi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Farmonga muvofiq, 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Samara, Saransk va Sochi shaharlarida chet el fuqarolarini ro‘yxatga qo‘yish muddati Rossiyaga kirib kelgan kundan e’tiboran 1 kun qilib belgilandi.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu o‘zgarishlarga alohida e’tibor berishlari zarur, aks holda ro‘yxatdan o‘tish yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida amalga oshirilmasa, bu holat ma’muriy qonun buzilishi deb baholanadi va keyinchalik Rossiya hududiga kirishni taqiqlashga olib kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют