» » Armanistonda norozilik namoyishlariga bosh bo‘lgan Nikol Pashinyan bosh vazir etib saylandi

Armanistonda norozilik namoyishlariga bosh bo‘lgan Nikol Pashinyan bosh vazir etib saylandi


Armanistonda parlamentdagi ovoz berish yakunlari bo‘yicha mamlakatni qamrab olgan namoyishlar yetakchisi Nikol Pashinyan hukumat rahbari etib tayinlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Uning nomzodini 58 deputat qo‘llab-quvvatladi, 42 kishi qarshi chiqdi, yana bir deputat ovoz berishdan tiyildi.

Endi Pashinyan o‘z mahkamasini shakllantirishi, so‘ng parlamentga harakatlar dasturini taqdim etishi lozim. Ikki jarayon ham parlamentda ovoz berilishini talab qiladi.

Pashinyaning matbuot kotibi Tigran Avinyanga ko‘ra, muxolifat yetakchisi bosh vazir lavozimini uzoq ushlab turish niyatida emas va “uch-to‘rt oydan so‘ng vazifasini zimmasidan soqit qiladi”.

“Biz parlamentga halol saylovlarni tashkillash uchun muvaqqat hukumatni shakllantiramiz. Doimiy hukumat rejalarimizga kirmaydi”, — ta’kidladi Avinyan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют