» » Rossiyalik onkologlar Samarqandda bo‘lib o‘tgan tibbiyot anjumanida ishtirok etdi

Rossiyalik onkologlar Samarqandda bo‘lib o‘tgan tibbiyot anjumanida ishtirok etdi


Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining N.Bloxin nomidagi milliy onkologiya tibbiy tadqiqot markazi mutaxassislari ishtirokida konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligining sayti xabar berdi.

Anjumanda onkologik xastaliklarning oldini olish, kasallikni erta aniqlash va davolashda qo‘llanilayotgan tibbiy usullar haqida so‘z yuritildi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha respublikada 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan dastur asosida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

N.Bloxin nomidagi milliy onkologiya markazi shifokorlari, onkologik morfologiya va kimyoterapiya bo‘yicha mutaxassislar Yu.Vaxabova hamda V.Mochalnikova samarqandlik hamkasblari bilan birga bemorlarni davolash amaliyotida qatnashmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют