» » Xitoy rahbari KXDR yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xitoy rahbari KXDR yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi


Xitoy raisi Si Szinpin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, muzokaralar 7—8-may kunlari Xitoyning Dalyan shahrida bo‘lib o‘tgan.

Oldinroq Kim Chen In Dalyanga kelgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki mamlakat rahbarining uchrashuvi do‘stona ruhda bo‘lib o‘tgan, ular muzokaralar o‘tkazgan, sayr qilgan va tushlik qilgan. Muzokaralar chog‘ida Xitoy va KXDR munosabatlari yuzasidan fikr almashilgan.

Uchrashuvda Kim Chen In tomonidan ta’kidlanishicha, manfaatdor tomonlar KXDRga nisbatan dushmanlik siyosati va tahdidlardan voz kechsa, Pxenyanda yadro quroli uchun ehtiyoj qolmaydi. Shuningdek, respublika Koreya yarim orolini yadrosizlantirish bo‘yicha o‘zining aniq pozitsiyasida qoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют