» » O‘zbekistonda Bosh prokuratura akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Bosh prokuratura akademiyasi tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari Bosh prokuratura Akademiyasi etib qayta tashkil etildi.

Akademiya prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun mas’ul ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lib hisoblanadi. Unda kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish quyidagi dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

Prokuror-tergov ishi va prokuratura organlarida ish yuritishni tashkil qilish asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash;

Prokuror-tergov va tahliliy ishlarni yuritish, norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish yuzasidan kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga, shuningdek, ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va metodlarini hamda boshqaruv asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash;

Qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yetkazish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, prokuror-tergov ishining ilg‘or yutuqlarini o‘rgatish, shuningdek, prokuratura organlari xodimlari faoliyatidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 144 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirish.

Prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi. Prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlar prokuratura ish o‘rganuvchilari lavozimiga tayinlanguniga qadar kasbiy qayta tayyorlashdan o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют