» » Ugandada qoplon politsiyachining 3 yoshli o‘g‘lini yeb qo‘ydi

Ugandada qoplon politsiyachining 3 yoshli o‘g‘lini yeb qo‘ydi


Qirolicha Yelizavetaning Ugandadagi milliy bog‘ida qoplon politsiya xodimining uch yoshli o‘g‘lini o‘g‘irlab ketdi va yeb qo‘ydi. Bu haqda The Independent xabar berdi.

Hodisa 4-may kuni kechqurun yuz bergan. Bolakay Edvard ko‘li bo‘yidagi ovchilar uychasida uy xizmatchisining nazoratida bo‘lgan.

Tabiatni muhofaza qilish davlat tashkiloti vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayol bola uning izidan tashqariga chiqqanini sezmagan. Xizmatchi bolaning chinqirig‘ini eshitib, yordamga yugurgan, biroq kech qolgan. Qoplon bolani olib, changalzorga yashiringan.

Qidiruvlar natijasida yo‘qolgan bolaning bosh suyagi topilgan. Suyak dafn etish uchun bolaning otasiga berilgan. Bolaga hujum qilgan qoplonni ushlash va tutqunlikda saqlash rejalashtirilmoqda. Bunga hayvonning odam go‘shtini yeb ko‘rgani va bu istagi yana uyg‘onishi mumkinligi asos qilib ko‘rsatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют