» » Si Szinpin, Putin va Tramp dunyoning eng nufuzli arboblari ro‘yxatini boshqardi

Si Szinpin, Putin va Tramp dunyoning eng nufuzli arboblari ro‘yxatini boshqardi


Xitoy, Rossiya va AQSh rahbarlari Forbes nashri tomonidan tuzilgan dunyoning eng nufuzli arboblari ro‘yxatini boshqardi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Jurnal saytida 8-may kuni e’lon qilingan an’anaviy reytingga “dunyoda voqealar rivojini belgilaydigan” 75 kishi kiritildi.

Birinchi o‘rinda Xitoy raisi Si Szinpin, ikkinchi qatorda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, uchinchida esa AQSh prezidenti Donald Tramp qayd etildi.

Shuningdek, ro‘yxatning birinchi o‘nligiga Germaniya kansleri Angela Merkel, Amazon asoschisi Jeff Bezos, Rim papasi Fransisk, Microsoft asoschisi Bill Geyts, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Google asoschisi Larri Peyj kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют