» » Fotojamlanma: Mudofaa vazirligi tomonidan Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda nishonlanmoqda

Fotojamlanma: Mudofaa vazirligi tomonidan Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda nishonlanmoqda


Toshkent shahridagi Chilonzor tumanida istiqomat qilayotgan urush qatnashchisi Viktor Timofeyevga Mudofaa vazirligi aloqachilarining bayram tabrigi yozilgan tort sovg‘a qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent harbiy okrugiga qarashli “Chirchiq” umumqo‘shin dala o‘quv maydonida kursantlar tomonidan urush qatnashchisi Vasiliy Juchkovga sahnalashtirilgan urush manzarasi taqdim etildi. Sobiq askar harbiylar bilan dala maydonida tushlik qildi.

Sharqiy harbiy okrugi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Farg‘ona, Namangan hamda Anjidon shahridagi dam olish maskanlarida, savdo majmualarida jangovar saflardagi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni Qarshi shahri O‘zbekiston ko‘chasida istiqomat qilayotgan urush qatnashchisi Ivan Bexga Prezident sovg‘asini topshirdi. Otaxon ko‘zlariga yosh olib, minnatdorchilik bildirdi. Urush faxriysi harbiy ayollarni raqsga taklif etdi.

Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan bir nechta urush qatnashchilariga sovg‘alar berildi hamda ezgu niyatlar bilan o‘zbekona to‘n kiydirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют