» » Shavkat Mirziyoyev o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Shavkat Mirziyoyev o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi


O‘zbekistonda 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlarida Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev dastlab Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan fuqarolar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyevning Botanika bog‘iga tashrifi to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilinmoqda

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 16-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O‘zbekiston Prezidenti nomidan mukofotlar topshirildi. Ularning o‘zlari jang qilgan mamlakatlarga borib-kelishi, sanatoriylarda bepul dam olishi uchun sharoit yaratildi. Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

Bugun ushbu tarixiy sana munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют