» » Poroshenko: Donbassda jang qilayotganlarning yarmi — Rossiya fuqarolari

Poroshenko: Donbassda jang qilayotganlarning yarmi — Rossiya fuqarolari


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatning nazorat ostida bo‘lmagan qismi — Donbassda Rossiya muntazam qo‘shinlari borligi haqida tasdiqlangan ma’lumotlarga ega ekanligini aytdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Donbassda jang qilayotganlarning yarmi Rossiya fuqarolaridir. “Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Donbassda jang olib borayotganlarning 50 foizgacha bo‘lgan qismi — Rossiya fuqarolari”, — deyiladi xabarda.

Poroshenko qo‘shimcha qilishicha, turli davrlarda Donbassdagi Rossiya muntazam qo‘shinlari soni “2,5 mingdan 10 ming kishigacha tebranib turgan”.

“Bunga qo‘shimcha ravishda, ularda 50 ming nafar ‘rus ko‘ngillilari’ bor, ular Rossiya safarbarlik tizimi orqali to‘planib, u yerga yuborilgan”, — dedi Poroshenko.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozir “sovuq urush fronti chizig‘i” hisoblanadi. “Ammo biz hozir issiq urush olib boryapmiz”, — dedi Poroshenko.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют