» » O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasida vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasida vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasida Fransiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida vatandoshlarga O‘zbekistondagi yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi islohotlar, oddiy odamlar hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida so‘zlab berildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Mamlakatda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, xorijlik investorlarga berilayotgan imkoniyatlar, xalq bilan yo‘lga qo‘yilgan bevosita muloqot, inson sha’ni va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar xorijda yashab, mehnat qilayotgan yurtdoshlarning e’tiborini tortdi.

Ta’kidlash kerakki, Fransiyadagi vatandoshlar orasida Societe Generale, Yves Rocher, Schneider Electric kabi nufuzli kompaniya va tashkilotlarda mehnat qilayotgan, Sorbonna, Tillar va sivilizatsiyalar milliy instituti singari dunyoning yetakchi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yurtdoshlar O‘zbekistondan keladigan har bir yangilikni katta xursandchilik va quvonch bilan qabul qiladi, deyiladi O‘zA xabarida.

Ishtirokchilarda Toshkent shahrining qadimiy madaniy markazi — Xastimom majmuasi yonida barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, qo‘shni mamlakatlar va jahon hamjamiyati bilan manfaatli hamkorlik, sayyohlikni rivojlantirish yo‘lidagi tashabbuslar nafaqat yurtdoshlar, balki xorijlik ekspertlarning ham diqqat markazida turgani qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют