» » O‘zbekistonda aholidan 646 mln dollar sotib olindi

O‘zbekistonda aholidan 646 mln dollar sotib olindi


O‘zbekiston Markaziy banki 2018-yilning yanvar — aprel oylarida ichki valyuta bozorida amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar tahlilini e’lon qildi.

Tahlilga ko‘ra, mazkur muddat mobaynida eksport tushumi 25, import xarajatlari miqdori 33 foizga oshdi. 2017-yilda tovarlar eksportidan kelib tushgan valyuta tushumi 1,6 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018-yilning birinchi choragida ushbu ko‘rsatkich 2 milliard dollarni tashkil qildi (+25 foiz).

Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy valyuta sotib olinishi miqdori 2,8 milliard dollarni tashkil qildi. Xorijiy valyuta asosan (75 foiz) xalq iste’moli mahsulotlari importini amalga oshirish, ishlab chiqarish asbob-uskunalari sotib olish, kreditlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirish va medikamentlar importi hamda xorijiy sarmoyadorlar daromalarini qaytarish maqsadlarida amalga oshirildi.

Jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan sotilgan valyuta hajmi 150,6 million dollar, aholidan sotib olingan valyuta miqdori esa 646,2 million dollarni tashkil qildi.

“2018 yilning fevral oyidan boshlab aholidan valyuta sotib olish hajmining tobora o‘sib borishi va valyuta kursining pasayib borishi kuzatildi. Bu milliy valyutaning mustahkamlanib borayotganidan darak beradi”, — deyiladi hisobotda.

Shuningdek, hisobotda 2018 yilning yanvar — aprel oylari davomida milliy valyuta kursi 8192 so‘mdan 8064 so‘mgacha diapazonda o‘zgarib turgani va Markaziy bank tomonidan qabul qilingan yangi intervensiyalar siyosati natijasida milliy valyuta kursi mustahkamlanib borayotgani ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют