» » Luvrda O‘zbekiston milliy ko‘rgazmasi tashkil etiladi

Luvrda O‘zbekiston milliy ko‘rgazmasi tashkil etiladi


O‘zbekistonga Luvr muzeyi direktori Jan-Lyuk Martines boshchiligidagi Fransiya delegatsiyasi keldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi qoshidagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur tashrifdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad Luvrda O‘zbekiston milliy ko‘rgazmasini tashkil etish masalalarini muhokama etishdan iborat.

Tashrif doirasida delegatsiyaning Oliy Majlis Senati, Madaniyat vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasida uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Luvr direktori Temuriylar tarixi, San’at va Tarix muzeylari, Samarqanddagi “Afrosiyob” muzeyida ham bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют