» » La Liga. “Barselona” “Vilyarreal” darvozasiga beshta gol urdi (video)

La Liga. “Barselona” “Vilyarreal” darvozasiga beshta gol urdi (video)


9-may sanasida “Barselona” La Liganing 34-tur qoldirilgan uchrashuvida o‘z maydonida “Vilyarreal”ni qabul qildi.

Uchrashuvda hisob 11-daqiqada Filippe Koutinyo tomonidan ochildi. Ikkinchi gol 16-daqiqada Paulinyo tomonidan kiritildi. Uchrashuvning 45-daqiqasida Lionel Messi hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida mehmonlar hisobni qisqartirishga erishdi. Gol muallifi esa Sansone. O‘yinning 87 hamda 90-daqiqalarida katta sahnaga Usmon Dembele chiqdi. Usmon 3 daqiqa ichida ikkita gol urishga erishib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Ayni damda yana bir qoldirilgan uchrashuvda “Sevilya” “Real Madrid” bilan bellashmoqda.

La Liga

34-tur qoldirilgan uchrashuvi

9-may, chorshanba

Gollar: 1:0 – 11 Koutinyo, 2:0 – 16 Paulinyo, 3:0 – 45 Messi, 3:1 – 54 Sansone, 4:1 – 87 Dembele, 5:1 – 90 Dembele.

“Barselona”: Sillessen, Pike (Mina, 80), Din, Nelson Semedu, Vermalen, Inyesta (Suares, 61), Buskets (Rakitich, 65), Koutinyo, Paulinyo, Dembele, Messi.

“Vilyarreal”: Asenxo, Alvaro Gonsales, Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Rodri Ernandes, Trigeros (Xavi Fuego, 57), Fornals, Kastilyexo, Cherishev (Sansone, 46), Bakka (Unal, 70).

Ogohlantirishlar: Ruis (44), Xavi Fuego (72), Mario Gaspar (82).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 01:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют